Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi
Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasida Kambodja sharafini himoya qiladi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Kambodja Futbol Federatsiyasi (FFC) tomonidan boshqariladi. Milliy Futbol Federatsiyasi 1933-yilda tashkil etilgan[1] va Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa-da, Kambodjada ayollar futbolining rivojlanishi sekin kechdi va hozirda ham futbol mamlakatdagi eng mashhur ayollar sporti emas. Ayollar oʻrtasidagi birinchi milliy chempionat Kambodjada 2010-yilgacha oʻtkazilmagan edi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi oʻyinini 2018-yilning iyun oyida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi AFF ayollar chempionatining uchta mavsumida qatnashib, ikki marta Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini magʻlub etgan va bir marta Laos ayollar terma jamoasi bilan durang oʻynagan[2][3].
Sem Shvaynruber bosh murabbiyligidagi 16 yoshgacha boʻlgan Kambodja ayollar futbol terma jamoasi 2009-yilning may oyida Laos ayollar terma jamoasi bilan oʻynaganida FIFA tomonidan tan olingan mamlakat terma jamoasi darajasidagi birinchi xalqaro oʻyinida oʻynagan va Nit Pean ushbu ilk xalqaro oʻyinlarda gol urgan birinchi ayol boʻlgan. 14 yoshgacha boʻlgan terma jamoaga Shvaynruber murabbiylik qiladi. Kambodja ayollar 14 yoshgacha futbol terma jamoasi 2011-yilda Vyetnamda boʻlib oʻtgan U-14 AFC ayollar kubogida ishtirok etgan[2][3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy assotsiatsiya[1] 1933-yilda tashkil etilgan va 1954-yilda FIFA aʼzosiga aylangan[2][3]. Milliy federatsiya ASEAN aʼzosi hisoblanadi[4].
AFCning AID27 dasturi Kambodjaga 2008—2012-yillar oraligʻida mamlakatda ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlash uchun yiliga dastur doirasidagi maksimal 24 000 AQSh dollari ajratadi[5][6]. FIFA tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ayollar oʻyinining ommaviy rivojlanishi ham kuzatildi. FIFAning rivojlanish boʻyicha mutaxassisi Sem Shvaynruber bu haqda shunday dedi: „Kambodjadagi qizlarning Grassroots dasturida ishtirok etishi boshidanoq aqlga sigʻmas edi. Biz buni yengib oʻtishga muvaffaq boʻldik va endi bu mutlaqo normal holatga aylandi. Va bu kambodjalik yosh ayollarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishga yordam beradi va ularni yanada muhimroq his qiladi“[7].
Ayollar uchun futbol mamlakatdagi eng ommabop sport turlari orasida[1] 5-10 oʻrinni egallaydi, lekin uning mashhurligi ortib bormoqda[8]. Sport oʻynash uchun joy — bu mamlakatdagi barcha sport turlari oldida turgan asosiy muammo[9]. 2000—2006-yillar oraligʻida mamlakatda roʻyxatdan oʻtgan ayol futbolchi yoʻq edi va mamlakatdagi 65 futbol klubining birortasi ham ayollar uchun ochiq emas edi[1].
2007-yilda faqat ikkita kambodjalik futbolchi ayol Gne Kom' Sorth va Lee Heang bor edi, ular, keyinchalik, FIFA tomonidan tasdiqlangan D-lisenziyasi asosida futbol murabbiyi nishoniga ega boʻlgan. Ikkalasi ham futbolga FIFAning „Spirit of Soccer“ dasturi orqali jalb qilingan[10][11].
2010-yilda Kambodjada ayollar oʻrtasida birinchi milliy chempionat oʻtkazilgan[12]. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini mamlakatda translyatsiya qilish huquqini Kambodja teleradiokompaniyasi sotib olgan[13].
Mamlakatda ayollar futboli taraqqiyoti FIFA tomonidan 2009-yilda tarixiy deb baholangan edi[14]. 2009-yilda Pnompenda Com-Unity ayollar futboli seminari boʻlib oʻtdi[8]. Uch kun davom etgan seminarda Kambodja Futbol Federatsiyasi ayollar futbolini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi[8]. Keyingi tadbirlar ham 2010-yilda FIFA tomonidan qoʻllab-quvvatlandi[15].
Kambodjalik Chheun Nipha 2012-yilgi U-13 AFC qizlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi turniri doirasida tashkil etilgan AFC „C“ murabbiylik sertifikati kursida qatnashdi[16][17][18].
Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinlarini 2018-yilda AFF ayollar chempionatida oʻtkazdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2018-yil 30-iyun kuni Sharqiy Timor ayollar terma jamoasi ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[19][20]. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichidagi qolgan uchta oʻyinda magʻlub boʻlishdi, barchasida boshqa bironta ham gol ura olmadi[21]. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019 va 2022-yillarda yana AFF ayollar chempionatiga ishtirok etdi. Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarni boy berishdi[22]. Lekin Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda yaxshiroq natija koʻrsatib, Sharqiy Timor ayollar terma jamoasini yana magʻlub etdi va Laos ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda 1:1 hisobida durang oʻynadi.[23] Shunga qaramay, ular guruh bosqichidan chiqa olishmadi. AFF ayollar chempionatidan tashqari Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida qatnashib, ikkala oʻyinda ham magʻlub boʻldi va hech qanday gol ura olmadi[24]. 2018-yildagi birinchi turnirda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Hout Koemhoung boʻldi. U bolalar uyida oʻsgan va olti yil davomida SALT akademiyasida shugʻullangan[25]. 2022-yil Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining sardori Pan Cheavey boʻldi[26].
Jamoa tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sport toʻplamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻplamining ranglari: koʻk, oq va qizil koʻylaklar, oq shortilar va qizil paypoqlardir[3].
Xalqaro musobaqalarda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kambodja ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | |
1991-yildan 1995-yil | Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
1999-yildan 2007-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
2011-yildan 2019 | |||||||||
2023-yil | |||||||||
Jami | — | — | — | — | — | — | — |
AFF ayollar chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]AFF ayollar chempionatida Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
2004-yildan 2016-yil | Kiritilmadi | |||||||
2018 | Guruh bosqichi | 4 | 1 | 0 | 3 | 12 | 27 | |
2019 | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 24 | ||
2022 | 4 | 1 | 1 | 2 | 4 | 8 | ||
Jami | 3/12 | 11 | 2 | 1 | 8 | 17 | 59 |
Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarida Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | ||
1985-yildan 2019 | Kiritilmadi | ||||||||
2021-yil | Guruh bosqichi | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 12 | ||
2023-yil | Aniqlanmoqda | ||||||||
Jami | 1/12 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 12 |
Manba: Soccerway[27] sayti
Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlar natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
- Ushbu roʻyxatni tuzishda Kambodja ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[28].
Raqib terma jamoa | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gʻalaba koʻrsatkichi | Konfederatsiyasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Indoneziya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0.00 | AFC |
Laos | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 1 | 0.00 | AFC |
Malayziya | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0.00 | AFC |
Myanma | 2 | 0 | 0 | 2 | 1 | 13 | 0.00 | AFC |
Filippin | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0.00 | AFC |
Tailand | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0.00 | AFC |
Sharqiy Timor | 2 | 2 | 0 | 0 | 15 | 1 | 100.00 | AFC |
Vyetnam | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 20 | 0.00 | AFC |
Manba: Soccerway[27] sayti
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 FIFA (2006). „Women's Football Today“ (PDF). 41-bet. 14 August 2012da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 11-iyun 2012-yil.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)CS1 maint: date format () - ↑ 2,0 2,1 2,2 FIFA (2006). „Women's Football Today“ (PDF). 41-bet. 14 August 2012da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 11-iyun 2012-yil.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)CS1 maint: date format () - ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Pickering, David. The Cassell soccer companion: history, facts, anecdotes. London: Cassell, 1994 — 55-bet. ISBN 0304342319. OCLC 59851970.
- ↑ Weinberg, Ben (2012). „'The Future is Asia'? The Role of the Asian Football Confederation in the Governance and Development of Football in Asia“. International Journal of the History of Sport. 29-jild, № 4. 535–552 [542]-bet. doi:10.1080/09523367.2012.658216. ISSN 0952-3367.
- ↑ Weinberg, Ben (2012). „'The Future is Asia'? The Role of the Asian Football Confederation in the Governance and Development of Football in Asia“. International Journal of the History of Sport. 29-jild, № 4. 535–552 [547]-bet. doi:10.1080/09523367.2012.658216. ISSN 0952-3367.
- ↑ „Campaign against hunger sets foothold“. Asian Football Confederation (18-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „FIFA 'Grassroots' aims to expand football pyramid base“. Boxscorenews.com (15-iyul 2009-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Cambodia welcomes the world of women's football“. FIFA.com. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Ka-set – Information website about Cambodia – Cambodia itching to work out: sport is gaining ground in the country“. Cambodia.ka-set.info. 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Raising spirits in Cambodia“. FIFA.com (1-oktabr 2007-yil). 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Mine risks outlined in Cambodia“. FIFA.com (4-aprel 2008-yil). 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Cambodian girls conquer 'enormous Goliath'“. Asian Football Confederation (14-iyun 2011-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „FIFA Women's World Cup Germany 2011TM Media Rights Licensees“. FIFA. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2012-yil.
- ↑ „Cambodia build for a bright future“. FIFA.com (18-dekabr 2009-yil). 2009-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Women's round-up: January 2010“. FIFA.com (28-yanvar 2010-yil). 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „New coaches expand horizon“. Asian Football Confederation (5-iyun 2012-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Girls' referees get update“. Asian Football Confederation (4-iyun 2012-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ „Coaches get the ball rolling“. Asian Football Confederation (1-iyun 2012-yil). Qaraldi: 24-iyun 2012-yil.
- ↑ Manjunath, H. S.. „Cambodian women down Timor Leste 12–0“ (inglizcha). Phnom Penh Post. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Kingdom's girls rout Timor – Khmer Times“ (1-iyul 2018-yil). Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „2018 AFF Women's Championship“. ASEAN Football. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „2019 AFF Women's Championship“. Soccerway. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „2022 AFF Women's Championship“. Soccerway. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „2021 Southeast Asian Games“. Soccerway. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Koemhong: From an orphanage to Cambodia's national team“. FIFA. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Cheavey’s SEA Games dreams to come true“. Asia News Network. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ 27,0 27,1 „Cambodia women's national team“. Soccerway. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
- ↑ „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (English) Cambodia womenʼs national football team — official website at FFCambodia.com
- (English) Cambodia at FIFA.com